Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: NATO Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam berishda davom etadi
NATO Ukrainaga o‘zini himoya qilish va o‘z qurolli kuchlarini g‘arb standartlariga javob beradigan zamonaviy armiyaga aylantirishda yordam beradi. Bu haqda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma’lum qildi.
29-30 noyabr kunlari Ruminiyada bo‘lib o‘tadigan NATO tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishidan oldin jurnalistlar bilan suhbatda Stoltenberg Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berishni xohlayotgan davlatlarni buni davom ettirishga chaqirdi.
Bundan oldin Yyens Stoltenberg Rossiyaning katta harbiy salohiyati va katta yo‘qotishlarni hisobga olishga tayyorligiga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlagandi. U Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Rossiya Qurolli kuchlarining so‘nggi mag‘lubiyatlariga qaramay, Rossiyaning harbiy salohiyatini e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi, deydi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg. «Ishonchimiz komilki, Rossiya katta yo‘qotishlarni hisobga olishga tayyor», — dedi u Bryusselda Yevropa Ittifoqi mudofaa vazirlarining yig‘ilishida.
Uning ta’kidlashicha, Moskva salmoqli harbiy salohiyatga, shuningdek, ko‘p sonli qo‘shinlarga ega. Bundan tashqari, Rossiya kuchlari «tinch aholiga shafqatsizlarcha zulm qilmoqda». Shuning uchun G‘arb «Ukrainani zarur bo‘lgan vaqtgacha qo‘llab-quvvatlashi kerak», deb qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025