Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Twitter rangli verifikatsiya belgilarini joriy qiladi
Ijtimoiy platforma soxta akkauntlar bilan bog‘liq chalkashliklar yuzaga kelmasligi uchun shu qarorga kelgan.
Twitter egasi Ilon Mask keyingi juma kuni ijtimoiy tarmoq turli rangdagi verifikatsiya belgilariga ega obunalarni sotishni boshlashini ma’lum qildi: kompaniyalar uchun oltinrang, hukumatlar uchun kulrang va jismoniy shaxslar uchun ko‘k rangdagi.
«Biz yangi verifikatsiyani keyingi haftaning juma kunidan ishga tushiramiz. Kompaniyalar uchun oltinrang, hukumatlar uchun kulrang, jismoniy shaxslar uchun ko‘k rangdagi belgini taqdim qilamiz. Verifikatsiya uchun ariza berilganlarning barchasi birma-bir tekshirib chiqiladi», deb yozdi Mask.
Avvalroq, Ilon Mask yangilangan Twitter Blue obunasini taqdim etgan edi. Shundan so‘ng, har bir foydalanuvchi oyiga $8 evaziga verifikatsiyani anglatuvchi «ko‘k belgi»ni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Ushbu qaror tufayli platformada ko‘plab mashhurlar va kompaniyalarning soxta akkauntlari paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng, Twitter pulli verifikatsiyani vaqtinchalik to‘xtatishga majbur bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025