Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Duda: Germaniya Ukrainada Patriots'ni joylashtirish masalasini o‘zi hal qilishi kerak
Germaniya Polshaga va’da qilingan havo hujumidan mudofaa tizimlarini Ukraina hududida joylashtirish mumkinmi yoki yo‘qligini hal qilishi kerak. Bu haqda Polsha prezidenti Anjyey Duda aytib o‘tdi.
«Harbiy nuqtayi nazardan, agar raketalar Polsha chegarasidan Ukraina hududidagi ma’lum masofaga joylashtirilsa, Polsha hududini himoya qilish uchun yaxshiroq bo‘lardi», — dedi Duda Vilnyusda.
Shunda havo hujumidan mudofaa ikkala davlatni ham eng samarali himoya qila oladi, dedi u.
«Biroq, joylashtirish to‘g‘risidagi qarorni ushbu tizimga ega bo‘lgan davlat, ya’ni Germaniya tomoni qabul qiladi», deb davom etdi Duda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Germaniya Ukrainaga Patriots'ni joylashtirishga rozi bo‘lmasa, ular Polshaga joylashtirilishi mumkin.
Bundan oldin Germaniya hukumati rahbari Olaf Shols Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi to‘xtamaguncha, Ukraina Qurolli kuchlarini zarur qurollar bilan ta’minlashga va’da bergandi.
Germaniya kansleri Olaf Shols Bundestagda 2023 yilgi budjet loyihasi to‘g‘risida muhokamalar bo‘yicha so‘zga chiqdi. «Aynan mana shu hukumat – o‘n yillik davlat amaliyotiga zid ravishda – Ukrainani kunlik jasoratli mudofaa kurashida zarur bo‘lgan qurollar bilan qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi», dedi u.
«Bizning eng yaqin ittifoqchilarimiz bilan yelkama-yelka, - deya qo‘shimcha qildi sotsial-demokratik kansler, - Biz buni ma’nosiz, shafqatsiz, jinoiy urush to‘xtatilmaguncha qilamiz».
Germaniya hukumati rahbari yana bir bor Rossiyani bu urushni to‘xtatishga chaqirdi va yaqinda Indoneziyada bo‘lib o‘tgan G20 sammitiga e’tibor qaratdi: «Balidagi G20 sammiti bu borada Moskvaga munosib va juda aniq signal yuborganligi muhim. Yana bir narsani G20 guruhining barcha a’zolari ta’kidladilar: yadro qurolidan foydalanishning har qanday tahdidi barchamiz uchun mutlaqo nomaqbuldir, ulardan foydalanishga toqat qilib bo‘lmaydi».
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025