Iqtisodiyot | 11:39 / 26.11.2022
3912
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kartoshkani asosan Pokistondan import qilmoqda

Kartoshka yetishtirish va import hajmi oshgani ma’lum qilindi.

Foto: Getty Images

2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan qiymati 65,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 404,1 ming tonna kartoshka import qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kartoshka importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 14,7 ming tonnaga oshgan.

2022 yil 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 258,2 ming tonna.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qozog‘iston – 96,3 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 16,8 ming tonna;
  • Rossiya – 15 ming tonna;
  • Niderlandiya – 6,3 ming tonna;
  • Eron – 5,6 ming tonna.

2022 yil yanvar-sentabr oylarida respublikada 2,6 mln tonna kartoshka yetishtirilgan. 

Kartoshka yetishtirish o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 6,6 foizga oshgan.

Mavzuga oid