O‘zbekiston | 08:26 / 27.11.2022
8183
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): Talimarjon-1 qudug‘i 50 ming kubmetr kunlik hajmda gaz bera boshladi

Foto: Epsilon

Joriy yil 27 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, Talimarjon konidagi 1-sonli quduqda kislotali ishlov berish qo‘llanilgan holda olib borilgan tiklov ishlari yakunlangach, undan sanoat ahamiyatidagi gaz oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun bugun quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid