Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Nurli maskan» maktab-internatlarida maxsus o‘quv-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o‘quv-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Andijon viloyatidagi 16-sonli «Nurli maskan» maktab-internati bo‘sh turgan binosida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar mehnat qilishi uchun tajriba-sinov tariqasida maxsus o‘quv-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilgan.
Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida maxsus o‘quv-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi hamda viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari hududidan maxsus o‘quv-ishlab chiqarish korxonasi uchun joy ajratishni ta’minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari:
2023 yil 1 martga qadar hudud infratuzilmasini inobatga olgan holda, «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari imkoniyatidan kelib chiqib, maxsus o‘quv-ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish;
2023 yil 1 apreldan boshlab «Nurli maskan» ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari uchun o‘quv-ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish yo‘nalishidan kelib chiqib maxsus amaliy-o‘quv darslarini joriy etish;
o‘quv-ishlab chiqarish korxonasini zarur uskunalar, maxsus jihozlar, ish qurollari va anjomlar bilan ta’minlash hamda ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarni realizatsiya qilishda amaliy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid
11:15 / 16.03.2025
O‘zbekistonda qaysi davlatlar kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi ma’lum qilindi
14:41 / 28.02.2025
O‘zbekistonda korxonalar soni keskin kamaymoqda
09:04 / 26.02.2025
Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
15:38 / 13.02.2025