Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda ishsiz yoshlarga quyonchilik faoliyatini tashkil etish uchun subsidiya ajratiladi
“Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyiha maqsadi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay ishlash agentligi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomga hamda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Mahallabay ishlash agentligi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritishdan iborat.
Bunda, Mahallabay ishlash agentligi huzuridagi Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi tomonidan Qoraqalpog‘istonda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida uy sharoitida quyonchilik faoliyatini tashkil etish maqsadida quyon, maxsus qafas va ozuqa (yem) sotib olish uchun subsidiya ajratish yuzasidan tegishli qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Loyiha bilan subsidiya berish tartibini takomillashtirish orqali Qoraqalpog‘istonda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida ularga uy sharoitida quyonchilikni tashkil etish uchun:
- quyon sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdori 6 baravarigacha;
- maxsus qafas sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdori 6 baravarigacha;
- maxsus ozuqa (yem) sotib olish uchun bazaviy hisoblash miqdori 2 baravarigacha subsidiya ajratish orqali ularni o‘zini o‘zi band qilish, qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishi, natijada hududda ishsiz yoshlar sonini kamaytirish imkonini beradi.
Mavzuga oid
16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor
15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi
22:01 / 25.01.2025
Qoraqalpog‘iston va Andijonda pul evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
17:49 / 09.01.2025