Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksey Navalniyga koloniyada xotini yuborgan xatlar berilmayapti
Muxolifatchi siyosatchining rafiqasi Instagram'da eri endi undan xat olmayotganidan shikoyat qilgan xabarni joylashtirdi. Yuliya Navalnaya Rossiya koloniyalarining ma’muriyatlarini keskin tanqid qildi.
Rossiyalik taniqli muxolifatchi, Vladimir viloyatidagi axloq tuzatish koloniyasida (IK) jazo muddatini o‘tayotgan Aleksey Navalniy rafiqasi Yuliyadan xat olishni to‘xtatdi. 30 noyabr, chorshanba kuni Yuliya Navalnaya o‘zining Instagram sahifasida turmush o‘rtog‘i xatini joylashtirdi, unda u endi undan maktub olmayotganidan shikoyat qiladi va hazillashib, uning xotinini topish uchun mahbuslar yozishma orqali turmush qurish maqsadida foydalanadigan gazetalar manzillarini yuborishni so‘raydi.
Yuliya Navalnaya buni quyidagicha izohladi: «Alekseyga xatlarimni berishmayapti. Hech bo‘lmaganda, advokatlar orqali shunchaki xat bermasliklarini aytish imkoniga egaman. Tasavvur qiling, ular advokatlari umuman yo‘q boshqa mahbuslar bilan qanday munosabatda bo‘ladi. Masalan, koloniya boshlig‘i Fomin yoqtirmasa, u yuborilgan xatlarni berish kerak emasligini aytishi mumkin. Jinoyatchilarni qayta tarbiyalashning ajoyib tizimi. Birinchi navbatda, tarbiyachilarning o‘zlarini qayta tarbiyalash kerak, chunki ular tarbiyachi emas, oddiy qiynoqqa soluvchilar».
Aleksey Navalniy muddatini Vladimir viloyati Melexovo qishlog‘idagi qattiq rejimli koloniyada o‘tamoqda. OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu axloq tuzatish koloniyasida mahkumlar muntazam ravishda qiynoqqa solinadi.
Avgust oyi o‘rtalaridan beri Navalniy turli mayda qoidabuzarliklar uchun yetti marta jazo kamerasiga jo‘natilgan. 17 noyabr kuni siyosatchi PKTga (kamerali xona) - aslida bir kishilik kameraga o‘tkazilganini aytdi. PKTga o‘tganligi sababli Navalniy qarindoshlari bilan uzoq uchrashuvdan mahrum bo‘ldi.
Mavzuga oid
20:57 / 26.03.2025
Bosh prokuratura Piskendagi koloniyada asossiz intizomiy jazoga tortilgan mahkum ishi bo‘yicha ma’lumot berdi
12:17 / 26.03.2025
Piskentdagi koloniyada asossiz intizomiy bo‘linmaga kiritib qo‘yilgan mahkum Ombudsmanga shikoyat qildi. Uning tanasida lat yeyish alomatlari aniqlangan
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
17:28 / 18.02.2025