O‘zbekiston | 13:37 / 01.12.2022
1339
4 daqiqa o‘qiladi

Atabek Nazirov: “Biz o‘z davlatimizni bilamiz va chet ellik investorlar bilan tavakkalchilikni baham ko‘rishga tayyormiz”

O‘zbekiston-Buyuk Britaniya Savdo va sanoat kengashining (UBTIC) 26-sessiyasida UZDIF milliy iqtisodiyot yetakchilarini xususiylashtirish jarayonidagi loyihalarni qo‘shma moliyalashtirishni taklif qildi.

Foto: UzDIF

30 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya Savdo va sanoat kengashining (UBTIC) 26-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (UzDIF) rahbari Atabek Nazirov dasturiy taqdimot bilan ma’ruzaga chiqdi. Kun tartibining ushbu qismi ishtirokchilarning e’tiborini maksimal darajada o‘ziga tortdi, chunki bu yilgi forumning asosiy mavzusi mahalliy korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur bo‘ldi.

Muhokama chog‘ida O‘zbekiston nafaqat makromintaqadagi eng jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot, balki sanoqli chinakam barqaror mamlakatlardan biri – global geosiyosiy turbulentlik davrida investorlar uchun asosiy omil ekanligini alohida ta’kidlandi. UzDIF taqdimoti britaniyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

“Nimaga UzDIF xorijiy hamkorlar uchun tabiiy tanlov? Hammasi oddiy: biz o‘z mamlakatimizni bilamiz va bundan tashqari — biz siz bilan tavakkalchilikni bo‘lishishga tayyormiz, bu esa qarz kapitalining narxi o‘z-o‘zidan o‘sib borayotgan davrda o‘ta muhimdir. Biz byurokratik idora emasmiz va ilg‘or xalqaro tajriba va yuqori standartlarni inobatga olgan holda tez qaror qabul qila olamiz”, — dedi Atabek Nazirov.

Ikki tomonlama savdo va investitsiyalarni rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun har yili o‘tkaziladigan forum O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hukumatlari tomonidan 1994-yilda tashkil etilgan, ammo UBTIC so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi tufayli alohida ahamiyat va vaznga ega bo‘ldi. 202-yilda ikki baravar ko‘payib, taxminan 500 million dollarni tashkil etdi.

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlott UBTIC yalpi majlisini ochar ekan, shunday dedi: “Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlardagi burilish davri Prezident Shavkat Mirziyoyev islohotlar jarayoni tashabbuskori bo‘lgan 2016-yil bo‘ldi. O‘shandan beri O‘zbekiston ham qo‘shnilar, ham boshqa davlatlar bilan faol va samarali aloqalarni rivojlantirmoqda. Biz bu siyosiy muhit saqlanib qolishiga umid qilamiz va bu borada O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga intilamiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga tovarlarning katta qismini nol import tariflari bo‘yicha eksport qilish imkonini beruvchi Umumiy imtiyozlar tizimining kengaytirilgan sxemasiga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi.

Respublikaning eng muvaffaqiyatli kompaniyalariga sarmoya kiritishning yangicha yondashuvini sharhlar ekan, Atabek Nazirov o‘tgan asrning 80-yillaridagi Britaniya tajribasini eslatib o‘tdi: “Bir vaqtlar Margaret Tetcher Britaniya fuqarolariga savdo almashish va kompaniyalarning IPOda ishtirok etish taklifi bilan bir zumda xususiylashtirilgan davlat mulkiga sherik bo‘lish imkoniyatini bergan edi. Shaxsan men bu misoldan juda ilhomlandim, chunki biz fuqarolarimizga mahalliy va xorijiy fond bozorlarida IPO doirasida eng yirik milliy kompaniyalar aksiyalariga sarmoya kiritish imkoniyatini ham taqdim eta olamiz. UZDIF ham mahalliy, ham xorijiy investorlar bilan birgalikda bu jarayonda ishtirok etishga tayyor. Ishonchim komilki, bu bizning moliyaviy ekotizimimizni sezilarli darajada mustahkamlaydi”.

Mavzuga oid