O‘zbekiston | 10:14 / 01.12.2022
3236
5 daqiqa o‘qiladi

Fuqaro aviatsiyasida tibbiy ko‘rik to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalari e’lon qilindi 

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani haqida tibbiy xulosa berish to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalari e’lon qilindi.

Aviatsiya xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish parvozlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan va davlat sertifikatsiyalash tizimi qismi hisoblanadi. Aviatsiya qoidalari O‘zbekiston Havo kodeksi va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiq, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida tibbiy xulosa berish tartibini belgilaydi.

O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani haqida tibbiy xulosa berish to‘g‘risidagi aviatsiya qoidalari fuqaro aviatsiyasi o‘quv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar va ta’lim olayotganlar (kursantlar)ga hamda fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlariga nisbatan qo‘llaniladi.

Tibbiy xulosa olish uchun nomzodlar sog‘ligi holatiga qo‘yilgan mazkur talablar parvozlar xavfsizligini tibbiy ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Vakolatli organ tibbiy ekspertlari va tibbiy uchish komissiyasi a’zolari, tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchilar turli toifalari sog‘ligiga qo‘yilgan talablarga ko‘ra shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.

Quyidagilar tibbiy xulosa olish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart: uchuvchilikka, havaskor uchuvchilikka, erkin aerostat uchuvchiligiga, shturmanlikka, uchuvchi- planeristlikka, bortinjyenerlikka, bortmexaniklikka, havodagi harakatni boshqaruvchi dispetcherlikka, bortkuzatuvchilikka o‘qish uchun fuqaro va eksperimental aviatsiyasi o‘quv yurtlariga qabul qilinayotgan nomzodlar va mazkur o‘quv yurtlari kursantlari, havaskor uchuvchi (samolyot, dirijabl, vertolyot yoki ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi), tijorat aviatsiyasi uchuvchisi (samolyot, dirijabl, vertolyot yoki ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi), ko‘pa’zoli ekipaj uchuvchisi (samolyot), aviakompaniya yo‘nalishdagi uchuvchisi (samolyot, vertolyot yoki ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi), sinovchi-uchuvchi, shturman, bortinjyener, HHB dispetcheri, bortmexanik, aerostat uchuvchisi, bortradist, uchuvchi-planerist, bortkuzatuvchi, yuk tashuvchi havo kemasi bortoperatori.

Tibbiy xulosa amal qilish muddati berilgan kunidan boshlanadi va tugash sanasini o‘z ichiga oladi. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlari va tavsiyalariga muvofiq tibbiy xulosalar amal qilish muddatlari quyidagicha belgilanadi:

a) fuqaro aviatsiyasi o‘quv yurtlari uchuvchi-kursanti, shturman-kursanti, bortinjyener-kursanti, tijorat aviatsiyasi uchuvchisi (samolyot, vertolyot, dirijabl, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi), ko‘pa’zoli ekipaj uchuvchisi (samolyot), aviakompaniya yo‘nalishdagi uchuvchisi (samolyot, vertolyot, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi), shturman, bortinjyener, sinovchi – uchuvchi uchun 12 oy;

b) HHB dispetcheri va fuqaro aviatsiyasi o‘quv yurtlari HHB dispetcher-kursanti uchun 48 oy;

v) havaskor uchuvchi (samolyot, dirijabl, vertolyot, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi), uchuvchi–planerist, erkin aerostat uchuvchisi va fuqaro aviatsiyasi o‘quv yurtlari havaskor uchuvchi-kursanti, uchuvchi–planerist-kursanti, erkin aerostat uchuvchi-kursanti uchun 60 oy;

g) bortmexanik, bortradist, bortkuzatuvchi, yuk tashuvchi havo kemasi bortoperatori va fuqaro aviatsiyasi o‘quv yurtlari bortmexanik-kursanti, bortradist-kursanti, bortkuzatuvchi-o‘quvchisi uchun – 36 oy;

d) bir uchuvchi boshqaruvidagi samolyotlarda yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha tijorat uchishlarini bajaruvchi 40 yoshdan oshgan aviakompaniya yo‘nalishdagi uchuvchisi (samolyot, vertolyot, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi) va tijorat aviatsiyasi uchuvchisi (samolyot, vertolyot, dirijabl, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi) uchun 6 oy;

ye) tijorat havo tashuvlarini bajarishda band bo‘lgan 60 yoshga to‘lgan aviakompaniya yo‘nalishdagi uchuvchisi (samolyot, vertolyot, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi) va tijorat aviatsiyasi uchuvchisi (samolyot, vertolyot, dirijabl, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi) hamda ko‘p a’zoli ekipaj uchuvchisi (samolyot) uchun 6 oy;

j) 40 yoshdan oshgan havaskor uchuvchi (samolyot, dirijabl, vertolyot, ko‘tarish kuchini oshirish sistemasiga ega havo kemasi), uchuvchi–planerist, erkin aerostat uchuvchisi va HHB dispetcheri uchun 24 oy.      

Yuqorida ko‘rsatilgan tibbiy xulosa muddatlari ko‘rikdan o‘tuvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan kunidagi yoshiga asoslanadi.

Mavzuga oid