Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizda Afg‘oniston iqtisodiyotiga mutaxassislar tayyorlash uchun ta’lim klasteri tashkil etiladi
Bu haqda TIV rahbari Vladimir Norov Polshada bo‘lib o‘tayotgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Vladimir Norov Polshada bo‘lib o‘tayotgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi 29-yig‘ilishi qatnashchilarini Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun Termiz shahrida Ta’lim klasterini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilgan.
Tashqi ishlar vazirligi xabar berishicha, Vladimir Norov yig‘ilish ishtirokchilari e’tiborini O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy tiklash va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarga qaratgan.
Jumladan, “Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temiryo‘l loyihasi amalga oshirilishi Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, Afg‘onistonni iqtisodiy hamkorlikka jalb etish va uni bu ikki mintaqani bog‘laydigan ko‘prikka aylantirish uchun katta imkoniyatlar ochishi ta’kidlagan.
Bundan tashqari, Vladimir Norov YXHT hamkorlarini uzoq qiyin vaziyatdagi afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun Termiz shahridagi Xalqaro transport va logistika xabidan foydalanishga, shuningdek, Afg‘oniston iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun Termiz shahrida Ta’lim klasterini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashga taklif qilgan.
Ma’lumot uchun 2018 yilda Termiz tumanida Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi huzuridagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi ish boshlagan. Mazkur ta’lim markazida afg‘onistonlik ko‘plab yigit qizlarga o‘zlari tanlagan sohalar bo‘yicha ta’lim berib kelinmoqda.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025