Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Namanganda to‘qimachilik yo‘nalishida 250 mln dollarlik loyihani amalga oshiradi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Turkiyaning Akcha Xolding kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Ahmet Bilge Go‘ksan bilan uchrashdi.
Uchrashuvda to‘qimachilik sanoati, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, qishloq xo‘jaligi va mashinasozlik sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Turkiya kompaniyasi Namangan viloyatida to‘qimachilik yo‘nalishida 250 million dollarlik investitsiya loyihasini amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdi. AQSh, Yevropa, Braziliya, Kanada va boshqa mamlakatlar bozorlariga mo‘ljallangan ip-kalava, momiq sochiq, uy-tekstil mahsulotlari, trikotaj, xom mato, bo‘yalgan mato va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga asoslangan ushbu loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 12-15 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston tomoni loyihani hayotga tatbiq etish barcha bosqichlarida, yangi investitsiya tashabbuslarini ishlab chiqish jarayonida har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025