AQSh sun’iy go‘shtni sotishga ruxsat berdi
Hozircha ruxsat faqat tovuq go‘shtiga taalluqli.

Foto: AP
AQSh oziq-ovqat va dorilar sifatini nazorat qiluvchi boshqarmasi (FDA) Upside Foods kompaniyasiga hayvonlarning o‘zak hujayralaridan yetishtirilgan go‘shtni sotishga ruxsat berdi.
Bunday sun’iy go‘shtni olish texnologiyasi transplantatsiya uchun to‘qimalarni olish jarayoni bilan deyarli bir xil. Asos sifatida hayvonlarning o‘zak hujayralari olinadi. Keyinchalik undan maxsus bioreaktorlarda, ozuqaviy muhitda mushak tolalari o‘stiriladi.
Sun’iy yo‘l bilan yetishtirilgan go‘sht - mashhur eko-trendlardan biri. Go‘shtni an’anaviy yetishtirish atmosfera chiqindilarining ko‘payishiga, yem-xashak yetishtirish esa o‘rmonlarning yo‘q qilinishiga olib keladi. Shuning uchun mushak hujayralaridan go‘shtni sun’iy yetishtirish bo‘yicha tadqiqotlar ancha vaqtdan beri davom etmoqda. Ayni paytda dunyoda 170 ga yaqin kompaniya «probirkadagi go‘sht» bilan shug‘ullanadi.
Biroq, bir qator olimlar sun’iy go‘shtni sotishga ruxsat berish erta ekanligini ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, ildiz hujayralariga asoslangan bunday mahsulotning inson organizmiga ta’siri yaxshi o‘rganilmagan.
Mavzuga oid

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

08:23 / 23.05.2025