Buxoroda is gazidan zaharlangan oilaning beshinchi a’zosi ham vafot etdi
Is gazi xonadonda yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida kelib chiqqani ma’lum qilindi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Kun.uz oldinroq Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Oxshix mahallasida yashovchi oilaning 4 nafar a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgani haqida xabar qilgandi. Holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 5 dekabr kuni soat 15:25larda Jondor tumanidagi Oxshix mahallasining Oxshix qishlog‘ida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan N.U.ning xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan. Buning oqibatida is gazidan o‘tkir zaharlangan xonadon sohibi N.U. va uning turmush o‘rtog‘i, 1988 yilda tug‘ilgan N.T. hamda ularning 2011, 2015, 2020 yillarda tug‘ilgan farzandlari vafot etgan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:11 / 19.11.2024
Namanganda ota va uning ikki farzandi, Buxoroda ona va o‘g‘il is gazidan zaharlanib, vafot etdi
19:27 / 14.11.2024
O‘zbekistondagi mehmonxonada vafot etgan rossiyalik jurnalist qonida is gazi izlari topildi – OAV
15:57 / 07.11.2024
Is gazi qanday qilib insonlar o‘limiga sabab bo‘ladi? FVV mas’uli izoh berdi
19:16 / 31.10.2024