Sport | 23:21 / 05.12.2022
8645
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2022. Xorvatiya penaltilar seriyasida Yaponiyani mag‘lub etib, chorakfinalga yo‘llanma oldi

Foto: FIFA

JCh-2022 nimchorakfinali doirasidagi 5-o‘yin o‘tkazilib, turnirning 5-chorakfinalchisi nomi ma’lum bo‘ldi.

«Al-Janub» stadionida Yaponiya Xorvatiyaga qarshi saf tortdi. Uchrashuvning 43-daqiqasida Maeda hisobni ochgan bo‘lsa, 55-daqiqada Perishich turnirdagi dastlabki goli bilan hisobni tenglashtirdi – 1:1. 

G‘olib nomi o‘yinning asosiy vaqtida aniqlanmagach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarni o‘tkazishdi. 120 daqiqa ichida ham yo‘llanma sohibi ma’lum bo‘lmagach, penaltilar seriyasiga yuzlandi.

Unda Xorvatiya milliy jamoasi omadli chiqib, chorakfinalga yo‘llanma oldi. Livakovich «samuraylar»ning uchta zarbasini qaytarib, yakunda xorvatlarga yo‘llanmani olib berdi. 

Shu tariqa, Xorvatiya 1/4 finalda Braziliya – Janubiy Koreya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

JCh-2022. 1/8 final. 5 dekabr
Yaponiya
– Xorvatiya 1:1. Penaltilar seriyasi: 1:3 
Gollar: 1:0 – 43 Maeda, 1:1 – 55 Perishich.
Yaponiya – Gonda, Yosida, Taniguti, Tomiyasu, Nagatomo (Mitoma, 64), Endo, Morita (Tanaka, 105), Kamada (Sakai, 75), Ito, Doan (Minamino, 87), Maeda (Asano, 64).
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Barishich, Modrich (Mayer, 99), Kovachich (Vlashich, 99), Brozovich, Perishich (Orshich, 105), Kramarich (Pashalich, 68), Petkovich (Budimir, 62; Livaya, 105).
Ogohlantirishlar: Kovachich (90), Barishich (116).

Mavzuga oid