Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi majlisi o‘tkaziladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) amaldagi raisi, Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau bilan uchrashdi.
Suhbat avvalida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri hamkasbini YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi 29-yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tgani, Polsha tashkilotga raisligi munosib yakunlangani bilan tabrikladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Polsha munosabatlari dolzarb masalalari, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. 2023 yilda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi 8-majlisini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.
Mavzuga oid
15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
12:30 / 26.10.2024