O‘zbekiston | 15:06 / 06.12.2022
2288
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Polsha ikkita sohasida o‘zaro loyihalarni amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Polsha Taraqqiyot va texnologiyalar vazirligi davlat kotibi, hukumat xorijiy investitsiyalar bo‘yicha vakolatli vakili, Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi Gjyegoj Pexovyak bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikni yanada kengaytirish, O‘zbekiston bozoriga Polsha sarmoyalari va eng yangi texnologiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

2022 yil yanvar-sentabr oylarida tovar ayirboshlash hajmi 42 foizga, so‘nggi uch yilda esa O‘zbekistonda Polsha kapitali ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar soni ikki barobarga oshgani qayd etildi.

Tomonlar iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, O‘zbekiston-Polsha hukumatlararo komissiyasi doirasidagi qo‘shma ishlarni davom ettirishga o‘zaro tayyor ekanini tasdiqladi. Kelgusi yilda komissiya yig‘ilishi va biznes-forum o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

To‘qimachilik va raqamlashtirish sohasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid