Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Ulug‘bek Fayziyev birorta korxonada rahbar sifatida faoliyat yuritmagan” – Qiziltepa tumani hokimligi
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi, senator Ulug‘bek Fayziyev bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik bilan ham shug‘ullanayotgani rad etildi. “Zarafshan Golden Group” MChJ esa hozirgi kunda ko‘proq ishlab chiqarishga e’tibor qaratilayotgani sababli mahalliy kengash qarori bilan ularga berilgan qurilish ishlari rad etilganini ma’lum qildi.
Kun.uz davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi qonunchilikda taqiqlangan bo‘lsa-da, Navoiy viloyati Qiziltepa tumani hokimi, senator Ulug‘bek Fayziyev qator MChJlar rahbari sifatida qolayotgani hamda Fayziyev hokimlik qilayotgan tumandagi ayrim qurilish ishlari uning ta’sischiligidagi MChJga berilgani haqida xabar qilgandi. “Zarafshan Golden Group” MChJ va Qiziltepa tumani hokimligi mazkur xabarga rasmiy munosabat bildirdi.
Qiziltepa tumani hokimligiga ko‘ra, Ulug‘bek Fayziyev hokimlikka tayinlagunga qadar va ayni paytda ham birorta korxonada rahbar sifatida faoliyat yuritmagan. 2017 yilda tashkil etilgan “Gʻani bobo chorvasi” fermer xo‘jaligining ta’sischisi va rahbari Zohid Ochilov hamda 2018 yilda Ulug‘bek Fayziyev va Finlandiya fuqarolari Belik Anna va Palmu Linda ta’sischiligida tashkil etilgan, biroq faoliyat yuritmagan “FINUZSOLITIONS” MChJ QKga Bozorov Fozili Odilzoda direktor etib tayinlangan.
“Zarafshan Golden Group” MChJ rasmiy munosabatida ta’kidlanishicha, xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining 2022 yil 13 oktyabrdagi qarori bilan Qiziltepa tumanida joylashgan 3 ta hududdagi ichimlik suv obektlarini barpo etish va rekonstruksiya qilish MChJga tavsiya etilgan.
“Mazkur qarordan kompaniyamiz bexabar bo‘lib, obektlar Qiziltepa tumani hududida joylashganligi, kompaniya asoschisi Ulug‘bek Fayziyev bugungi kunda Qiziltepa tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritayotganligi bois manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmasligi hamda jamiyatimiz tomonidan bugungi kunda ishlab chiqarish yo‘nalishiga e’tibor oshirilayotgani sababli mazkur obektlar qurilishini amalga oshirmaslik haqida bir necha marotaba ma’lum qilganmiz. Navoiy viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati IK boshlig‘i nomiga 2022 yil 4 noyabr kuni xat chiqarilib, MChJ mazkur qurilish ishlarini amalga oshirmasligi bildirilgan.
Buyurtmachi tomonidan xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi qarorini qabul qilishda bosh loyiha tashkilotlarini tanlov savdolarisiz va bosh pudrat tashkilotlarining “SSS” va undan yuqori elektron reyting bahosiga ega bo‘lgan pudrat tashkilotlari orasidan tanlov savdolarisiz tanlab olinganligi, shu bois qurilish ishlari yordamchi pudratchi (ular tavsiya etgan “GOLD TROPFEN” MChJ) tomonidan olib borilishi ma’lum qilingach, joriy yil 7 noyabr kuni jamiyatimiz va Yagona buyurtmachi xizmati IK o‘rtasida shartnoma imzolangan.
Shundan keyin ham kompaniyamiz qurilish ishlarini boshlamasdan, 2022 yil 17 noyabr kuni buyurtmachi tomonidan mablag‘lar to‘lab berilgach, yordamchi pudratchi “GOLD TROPFEN” MChJ bilan qurilishda subpudrat shartnomasi imzolanib, to‘lab berilgan mablag‘lar to‘liq yordamchi pudratchi korxona hisobiga to‘lab berilishi sharti bilan qurilish ishlari boshlangan va bugungi kunda qurilish ishlari “GOLD TROPFEN” MChJ tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati IK nazorati ostida olib borilmoqda.
Ulug‘bek Fayziyev Qiziltepa tumaniga hokim etib tayinlangach, tuman miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda, hududdagi ehtiyojmand oilalarga imkon qadar homiylik yordamlari ko‘rsatilgan. Ammo shu kunga qadar tumandagi birorta qurilish ishlari va tenderlarda kompaniyamiz ishtirok etmagan”, — deyiladi “Zarafshan Golden Group” MChJ rasmiy munosabatida.
Mavzuga oid
22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti
13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi
16:51 / 02.04.2025