Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 07:52 / 07.12.2022
1728
2 daqiqa o‘qiladi
18 yoshgacha bo‘lganlarni ko‘rikdan o‘tkazish uchun 3 ta pediatriya ekspert komissiyasi tuziladi
Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida:
- prezident farmoni bilan tasdiqlangan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalar kasalliklari ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, parvarishlash nafaqasiga muhtoj bo‘lganlarga parvarishlash nafaqasini tayinlash;
- respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi vazifalari va funksiyalarini kengaytirish;
- 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazish uchun Respublika bo‘yicha yangidan 3 ta pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini hamda qo‘shimcha 8 ta tuman va tumanlararo tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarini tashkil etish;
- tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalariga ekspertizadan o‘tish uchun birlamchi yuboriladigan shaxslarni dinamik kuzatuvda bo‘lish muddatlarni qisqartirish;
- tibbiy-ijtimoiy ekspert va pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari moddiy-texnik bazasini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:24 / 15.03.2025
O‘zbekiston va Finlandiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
12:30 / 26.10.2024
Kinematografiya milliy komissiyasining vazifalari belgilandi
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
22:26 / 24.08.2024