Jahon | 23:14 / 07.12.2022
10003
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada o‘rta asrlarga oid eng qimmatbaho marjonlar topildi 

Britaniyada arxeologlar eramizning 630-670 yillariga oid tilla marjonlarni topishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Foto: MOLA

Olimlar qimmatbaho marjonlarni «bir umrga tatigulik topilma» sifatida baholamoqda. 

Taqinchoq Rim tangalari, oltin, yoqut, shisha va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan kamida 30 ta marjon va munchoqlardan iborat. Taqinchoq qirollik oilasiga mansub ayolga tegishli deb hisoblangan qabrda topilgan. Olimlarning fikricha, o‘rta asrlarga oid bunday qimmatbaho marjonlar shu paytgacha Britaniyada topilmagan edi. 

Taqinchoq London arxeologiya muzeyi arxeologlari tomonidan Northempton g‘arbidagi Harpol hududida turar joy majmuasi qurilishidan oldin olib borilgan qazishmalar paytida topilgan. 

Foto: MOLA

Marjonning markaziy elementi qizil xochli to‘rtburchak bo‘lakdir. Taxminlarga ko‘ra, ayol Britaniyadagi nasroniy elitasining birinchi vakillaridan biri bo‘lgan. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid