Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan yosh qizni urib qochib ketgan Cobalt va uning haydovchisi topildi
Hodisa oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan qiz shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
Avvalroq Kun.uz’da Cobalt mashinasi Qarshi shahridagi piyodalar yo‘lakchasida yosh qizni urib yuborib, jabrlanuvchiga yordam bermasdan qochib ketgani haqida xabar berilgandi. IIV YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, Cobalt topilib, uning haydovchisi ushlangan.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 5 dekabr kuni soat 20:00 larda Qarshi shahridagi Nasaf ko‘chasida Cobalt mashinasi haydovchisi piyodalar yo‘lakchasidan ko‘chani kesib o‘tayotgan 13 yoshli qizni urib yuborgan.
Haydovchi hayoti va sog‘ligi xavf ostida qolgan jabrlanuvchiga yordam bermasdan, voqea joyidan qochib, yashiringan.
Olib borilgan tezkor surishtiruvlar natijasida Cobalt mashinasi hamda uning haydovchisi topilgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi va 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025