Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada Charlz III surati tushirilgan tangalar muomalaga kiritildi
Britaniya pochta bo‘limlari qirol Charlz III portreti tushirilgan 50 pens qiymatli tangalarni olishni boshladi.
Tanganing old tomonida joylashgan qirol Charlz III portreti haykaltarosh Martin Jyennings tomonidan yasalgan. Tangadagi monarxning yuzi chapga - Britaniyada qabul qilingan an’anaga muvofiq, o‘zidan oldingisiga nisbatan qarama-qarshi tomonga qaratilgan.
Tanganing orqa tomonida Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi to‘rtta mamlakatning qurol-yarog‘ qalqonlari va ramzlari tasvirlangan.
Dastlab, 9,6 million yangi tanga muomalaga chiqariladi. Shu bilan birga, hozirda muomalada bo‘lgan qirolicha Yelizaveta II portreti tushirilgan 27 milliardga yaqin tanga qonuniy to‘lov vositasi bo‘lib qolaveradi.
Qirol Charlz III portreti tushirilgan ilk qog‘oz pullar – banknotalar 2024 yil o‘rtalarida muomalaga kiritiladi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
15:47 / 24.05.2025
AQShda bir sentlik tangalarni chiqarish to‘xtatiladi
18:08 / 22.05.2025