Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy urush kelasi yil yakunlanishiga ishonyapti
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Politico tomonidan 2022 yilda Yevropaning eng nufuzli odami deb tan olinishiga bag‘ishlangan murojaatida kelasi yil boshidayoq Ukrainada tinchlik o‘rnatilishiga ishonishini aytdi.
«Men ukrainaliklar kelasi yilda ham eng nufuzli bo‘lishiga ishonaman, lekin tinchlik davrida», dedi Zelenskiy va «barqarorlikni saqlashga yordam bergan Yevropadagi barcha do‘stlarga» va «millionlab odamlarga bu dahshatli vaqtni yengib o‘tishga yordam bergani» uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Yevropa o‘zgarmoqda. Qit’a o‘zining strategik munosabatlarini qayta ko‘rib chiqmoqda, mudofaaga jiddiyroq munosabatda bo‘lmoqda, savdo siyosati, shuningdek, kengaytirish va energiya xavfsizligi siyosatini qayta ko‘rib chiqmoqda. Umuman olganda, u yevropalik bo‘lish nimani anglatishini qayta ko‘rib chiqmoqda - va bu ko‘p jihatdan prezident bo‘lgan ukrainalik komediya aktyori tufayli sodir bo‘lmoqda», — deya tushuntirdi Politico Zelenskiyni Yevropadagi eng nufuzli shaxs deb tan olish haqidagi qarorini.
Bundan oldin Britaniyaning Time jurnali talqiniga ko‘ra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va «Ukraina ruhi» «yil odami» bo‘lgandi.
Nashrning ta’kidlashicha, Zelenskiy bosqinning dastlabki murakkab haftalarida Kiyevni tark etmadi. Janglar davomida rus bosqinchilari o‘z maqsadiga erisha olmadi.
Jurnalistlar eng og‘ir davrda Ukrainada qolgan Zelenskiyni Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘ani bilan taqqoslashadi. «Tolibon» kuchlari yaqinlashgach, G‘aniy poytaxtdan qochib ketgan edi.
Zelenskiy vaziyatga moslasha oldi va bosim ostida o‘zini yo‘qotmaslikni o‘rgandi. Prezident ortidan minglab ukrainaliklar qurolni qo‘lga olib, o‘z uyi himoyasiga otlandi, deb yozdi nashr.
Mavzuga oid
14:52 / 21.05.2025
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi
08:24 / 20.05.2025
Zelenskiy qurolli kuchlarni Ukraina hududlaridan olib chiqish imkoniyatini rad etdi
22:39 / 18.05.2025
Zelenskiy Vatikanda Vens, Rubio va yangi Rim papasi bilan uchrashdi
22:32 / 18.05.2025