Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kiyevga 275 mln dollarlik harbiy yordam paketini tayyorlayapti
AQSh Ukrainaga 275 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda AP.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, uning tarkibiga 80 ming dona gaubitsa snaryadlari, HIMARS o‘q-dorilari, HUMVEE harbiy mashinalari, generatorlar, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari hujumiga qarshi va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari kiradi.
Rasmiy ravishda Kiyevga yangi yordam 9 dekabrda e’lon qilinishi kerak.
6 dekabr, seshanba kuni AQSh Kongressidagi tegishli qo‘mitalar 1 oktyabrda Qo‘shma Shtatlarda boshlangan 2023-moliya yili uchun Milliy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni (National Defense Authorization Act, NDAA) kelishib oldi.
Unga ko‘ra, NDAA Ukraina Qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlash hamda uning ta’minlanishi ustidan nazorat bo‘yicha Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi (Ukraine Security Assistance Initiative, USAI) doirasida 800 million dollar (746 million yevro) mablag‘ ajratadi.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bu AQSh prezidenti Jo Bayden joriy yil boshida so‘raganidan 500 million dollar (478 million yevro)ga ko‘pdir.
USAI paketi «AQShning Ukrainani eng dolzarb ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, uzoq muddatda uning suverenitetini himoya qilish uchun Ukraina Qurolli kuchlarining salohiyatini oshirish orqali uni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi», deb ma’lum qildi Pentagon.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025