Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT jamg‘armasi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 600 mln dollar investitsiya kiritadi
Italiya poytaxtida BMT Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ijroiya kengashi virtual shakldagi maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda jamg‘arma Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Dina Salex so‘zga chiqib, jamg‘arma keyingi 5 yildagi O‘zbekistonga oid mamlakat strategik imkoniyatlari dasturini taqdim qildi.
Kambag‘allikni kamida 2 baravarga qisqartirish, dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, raqobatbardoshlikni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash vazifalarini qo‘llab-quvvatlash ushbu dastur asosiy maqsadi ekani ma’lum qilindi.
Xalqaro jamg‘arma tomonidan o‘z mablag‘lari va qo‘shimcha moliya resurslari hisobidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 600 million dollardan ziyod investitsiya kiritilishi ma’lum qilindi.
Ushbu dastur orqali mamlakatda 205 mingdan ziyod dehqon va fermer xo‘jaliklari qamrab olinishi, yoshlar va ayollar imkoniyatlari yaxshilanishi hamda iqlim o‘zgarishiga mos biznes modellari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.
Dina Salex jamg‘arma ishtirokida joriy yil oktabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan xalqaro tadbirda ushbu dastur mahalliy jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinganini ta’kidladi hamda jamg‘arma mamlakat miqyosidagi faoliyatini yanada oshirish maqsadida Toshkentda vakolatxona ochilishini olqishladi.
Mavzuga oid
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025