Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bosh vaziri Putin bilan uchrashishdan bosh tortdi
So‘nggi 20 yil ichida Hindiston va Rossiya o‘rtasida oliy darajada 21 ta uchrashuv o‘tkazilgan edi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan an’anaviy yillik uchrashuvni o‘tkazmaydi, deb xabar berdi Bloomberg yuqori martabali mansabdor shaxsga tayanib.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Modi «Ukrainada yadroviy qurol qo‘llash tahdidi» ortidan Putin bilan uchrashuv o‘tkazishdan bosh tortgan.
Manbaning qayd etishicha, hozirgi bosqichda Rossiya bilan do‘stlik haqida «jar solish» Hindiston bosh vaziri uchun manfaatsiz bo‘lishi mumkin.
Hindiston bosh vazirining qarori sentabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan mintaqaviy sammitda aniq bo‘lgan. Unda Modi Putinni Ukrainadagi urushni to‘xtatishga chaqirgan edi.
Avvalroq, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Putin bilan Modi bu yil uchrashmasligini aytdi.
So‘nggi 20 yil ichida Hindiston va Rossiya o‘rtasida oliy darajada 21 ta uchrashuv o‘tkazdi. Bundan oldin ikkala davlat rahbarining uchrashuvi 2020 yilda pandemiya tufayli qoldirilgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025
Tramp: «Putin olov bilan o‘ynayapti»
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
00:53 / 27.05.2025