Sport | 22:58 / 09.12.2022
27141
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliya penaltilar seriyasida Xorvatiyaga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

JCh-2022 chorakfinali doirasidan o‘rin olgan Xorvatiya hamda Braziliya o‘rtasidagi bahsda turnirning dastlabki yarimfinalchisi aniqlandi.

Foto: Getty Images

«Education City Stadium»da o‘tgan uchrashuvda ko‘pchilik braziliyaliklarning ustunligini kutgan bo‘lsa-da, xorvatlar tengma-teng o‘yin namoyish eta olishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, jamoalar ekstra-taymlarga o‘tishdi.

Nihoyat, 105+1-daqiqaga kelib Neymar ajoyib hujumni chiroyli tarzda yakunlab, stadionni larzaga keltirdi – 1:0. Qayd etish joiz, bu gol bilan Neymar milliy jamoadagi gollari soni bo‘yicha Pelega tenglashib oldi – 77ta. 

Ammo 117-daqiqaga kelib Petkovich xorvatlarning javob goliga mualliflik qilib, jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi – 1:1. 

Penaltilar seriyasida esa Livakovich yana qahramonga aylandi. U Rodrigoning zarbasini qaytardi, so‘nggi zarbada esa Markinos darvoza ustunini nishonga oldi.

Shu tariqa, Xorvatiya JCh-2022ning dastlabki yarimfinalchisiga aylandi. Ular avvalgi bosqichda ham penaltilar seriyasida yaponlardan ustun kelishgandi.

JCh-2022. 1/4 final. 9 dekabr
Xorvatiya – Braziliya 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:2

Gollar: 0:1 – 105 Neymar, 1:1 – 116 Petkovich.
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modrich, Kovachich (Mayer, 105), Brozovich (Orshich, 114), Perishich, Pashalich (Vlashich, 72), Kramarich (Petkovich, 72).
Braziliya – Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Risharlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinisius Junior (Rodrigo, 64).
Ogohlantirishlar: Danilo (25), Brozovich (31), Kazemiro (68), Markinos (77), Petkovich (117).

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid