Floydning o‘limida aybdor politsiyachiga hukm o‘qildi
Amerikalik Jorj Floydning o‘limida bilvosita aybdor deb topilgan politsiyachi 3,5 yilga qamaldi.
Qo‘shma Shtatlarda afro-amerikalik Jorj Floydni hibsga olish chog‘ida uning orqasiga tizzasi bilan cho‘kkan sobiq politsiyachi Jyey Kuyeng 3,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
29 yoshli Kuyeng qasddan bo‘lmagan odam o‘ldirishga yordam berganlikda aybdor deb topildi.
Prokuror Metyu Frenk fikriga ko‘ra, ushbu jinoyat ishining yakuni huquq-tartibot idoralari xodimlari qiyin ahvolga tushgan odamlarga g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lolmasligini tasdiqlaydi.
Avvalroq, Minneapolisning sobiq politsiyachisi Derek Shovin Floydni o‘ldirganlikda ayblanib, 22,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Shuningdek, u jabrlanuvchining fuqarolik huquqlarini buzganligi uchun alohida federal ayblovlar bilan 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud hukmiga ko‘ra, u ikki muddatni bir vaqtda o‘taydi.
Eslatib o‘tamiz, afro-amerikalik Jorj Floyd 2020 yil may oyida Minneapolisda politsiya tomonidan ko‘chada hibsga olinganidan keyin bo‘g‘ilib o‘lgan edi. Derek Shovin qo‘li bog‘langan mahbusning xirillashiga va «Nafas ololmayapman» deyishiga qaramay, tizzasi bilan uning bo‘ynini bir necha daqiqa bosib turdi.
Floydning o‘limi bilan bog‘liq holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, juda katta miqyosdagi ommaviy tartibsizliklar, norozilik namoyishlarini keltirib chiqargan edi.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
16:25 / 09.11.2024