Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda AI-80 markadagi benzin narxi 5500 so‘mgacha pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayevning bildirishicha, AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilinishi natijasida yaqin kunlarda ushbu markadagi benzin narxi 5500 so‘mgacha pasayishi kutilmoqda.
«AI-80 benzini uchun aksiz solig‘i bekor qilinishi AYoQShlarda ushbu markada sotilayotgan yoqilg‘ining narxi 1000-1200 so‘m arzonlashishiga olib kelishi kerak. Bugungi kunda AI-80 benzin narxi 5500 so‘mgacha pasayishi kutilmoqda.
Ta’kidlash joizki, birjaga chiqarilayotgan hajmlar ham ortganligi hamda birjada boshlang‘ich narxdan 5 foizdan ortiq bo‘lmagan holda narx oshishini inobatga olgan holda aytish mumkinki, 5500 so‘mlik narxni yaqin kunlarda ko‘rishimiz mumkin», - deya energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
18:55 / 01.04.2025
Shovotda benzin sisternasiga tushgan yigit zaharlanib vafot etdi
21:05 / 27.03.2025
Buxoro neft zavodi jarimaga tortilgan. Raqobat qo‘mitasi tafsilotlarni ochiqlamadi
09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi
18:04 / 25.03.2025