O‘zbekiston | 16:50 / 10.12.2022
11363
4 daqiqa o‘qiladi

 “XON SAROY” qurilish kompaniyasidan yangi loyihaning hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi

“XON SAROY” qurilish kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Xon Saroy Music” loyihasining birinchi bosqich saralash ishlari yakunlandi. Shu munosabat bilan loyiha tashkilotchilari tomonidan birinchi bosqich saralash jarayonlari haqida hisobot taqdimoti o‘tkazildi.

2022 yilning sentabr oyida start berilgan loyiha O‘zbekistonning turli chekka hududlaridagi ko‘plab iste’dodli yoshlarni kashf etdi.

“Ushbu loyihaning asosiy sababi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qaroridir. Prezidentimizning aynan shu nutqlaridan so‘ng qarordan ilhomlanib,  uni  amalga oshirish maqsadida tinimsiz izlanishlar olib borildi va katta masshtabli musiqiy loyihaga asos solindi”, deydi loyiha muallifi Alisher Uzoqov.

4 bosqichli loyihada jami 2000 ga yaqin yoshlar ishtirok etgan bo‘lib, loyiha butun respublika bo‘yicha iqtidorli yoshlarni o‘zida jamlaydi. Munosib ko‘rilgan g‘oliblar uchun “XON SAROY” kompaniyasi tomonidan uy, avtomobil va pul yutuqlari taqdim etiladi. Taqdimotda loyiha tashkilotchilari jurnalistlar va blogerlarning savollariga javob berishdi.

Ma’lum qilinishicha, haqiqiy g‘oliblarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda ovoz to‘plash usuli qo‘llanmaydi. SMS-xabarnoma tarzida yoki kompaniya saytida ovoz berish yo‘lga qo‘yiladi. So‘nggi yakuniy bosqich esa jonli efir orqali namoyish etiladi.

“XON SAROY” qurilish kompaniyasining “Xon Saroy Music” loyihasidan asosiy maqsadi yangi iste’dodlarni topish va shu bilan birgalikda brend nomini yanada mustahkamlashdan iborat. Loyihaning davomiyligini ta’minlash uchun yana bir qator homiylar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Bu keyingi bosqichlarning yanada sifatli bo‘lishi uchun ishlatilishi mumkin.

Loyiha doirasida respublikaning deyarli barcha viloyatlarida ish olib borayotgan muallif Alisher Uzoqov saralash jarayonlari haqida gapirib berdi.

“Ijodkor sifatida asosiy maqsadim – milliyligimizni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarimizni qayta tiklash va yangi maktab yaratish. Chunki ayni paytda haqiqiy maktab ko‘chada yaratilyapti. Bu juda achinarli holat. Buni san’atga aloqador tashkilotlar qilishi kerak. Bu yomon yo‘nalish deb bo‘lmaydi, lekin shuni sohaga aloqasi bor maskanlar amalga oshirishi kerak. Loyiha bilan birga mana shunday maktabni ham tashkil qilishni maqsad qildik. Bu juda qiyin ish”, – dedi muallif.

Uzoqovning aytishicha, saralash jarayonlarida viloyatlarda turli muammolarga duch kelgan.

“Maqsadimiz borib konsert qo‘yib, pul ishlash emas edi. Mahalliy aholi orasidan qobiliyatlarni izlab topish edi. Ammo ayrim viloyat hokimliklari bizning maqsadimizni tushunishmadi. To‘g‘ri tushunib, qo‘llab-quvvatlaganlar ham bo‘ldi. Ularga minnatdorchiligimni bildiraman.

Samarqand viloyatidagi yirik xalqaro tadbir sabab viloyatdagi tanlov qoldirildi. Lekin samarqandlik yoshlar uchun albatta keyingi safar ko‘proq kvota ajratamiz”, – deya ta’kidladi u.

“XON SAROY MUSIC” loyihasining keyingi bosqichi 2023 yil yanvar oyida davom etishi ko‘zda tutilgan.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid