Sport | 02:08 / 11.12.2022
38271
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2022. Fransiya Angliyani mag‘lubiyatga uchratib, yarimfinalning so‘nggi ishtirokchisiga aylandi

Foto: FIFA

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida chorakfinalning so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tdi. 

Unda amaldagi chempion Fransiya Tchuameni va Jiruning gollari evaziga Angliya ustidan g‘alaba qozondi. Ikkala golga ham Grizmann assistentlik qildi. Javob to‘pini penaltidan Keyn kiritdi. Inglizlar sardori hisobni tenglashtirishi ham mumkin edi, ammo ikkinchi penaltidan foydalana olmadi.

Fransuzlar yarimfinalda 14 dekabr kuni Marokash bilan bahs yuritishadi. Birinchi yarimfinalda 13 dekabrda Argentina va Xorvatiya o‘zaro to‘qnash keladi.

JCh-2022. 1/4 final
Angliya — Fransiya 1:2

10 dekabr, «Al Bayt»
Gollar: Keyn (54, penalti) — Tchuameni (17), Jiru (78).
Aniq amalga oshirilmagan penalti — Keyn (84).
Angliya – Pikford, Uoker, Maguayr, Stounz (Grilish, 90+8), Shou, Henderson (Maunt, 79), Rays, Bellingem, Foden (Reshford, 85), Saka (Sterling, 79), Keyn.
Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Upamekano, Ernandes, Rabo, Tchuameni, Jiru, Grizmann, Dembele (Koman, 79), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Grizmann (43), Dembele (46), Ernandes (82), Maguayr (89).

Mavzuga oid