Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona vodiysida YeTTB ishtirokida 118 ta nasos stansiyasi modernizatsiya qilinadi
Farg‘ona vodiysida YeTTB ishtirokida 118 ta nasos stansiyasi modernizatsiya qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti tegishli qarori qabul qilindi.
Unda ta’kidlanishicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar kengashi tomonidan “Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 118 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish" loyihasini moliyalashtirish uchun 18 yil muddatga, shu jumladan, 4 yillik imtiyozli davr bilan 199,96 million AQSh dollari miqdorida kredit ajratish ma’qullangan.
Loyiha umumiy qiymati 247,51 million AQSh dollarini tashkil etishi, uni amalga oshirishda O‘zbekiston hissasi 47,55 million AQSh dollari ekvivalentida, shundan 33,95 million AQSh dollari respublika budjeti hisobidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida bo‘lishi ma’lum qilingan.
Loyihani amalga oshirishda “vaqtincha olib kirish" bojxona rejimida rasmiylashtirilgan maxsus texnikalar, mexanizmlar va texnologik uskunalar bojxona bojlari va soliq to‘lovlaridan shartli ozod etiladi.
Loyihani amalga oshirish davri 4 yil (2023-2027 yillar) etib belgilangan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025