Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etishda hamkorlikni kuchaytiradi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev AQSh elchisi Jonatan Devid Xannik bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni, Afg‘oniston yo‘nalishida O‘zbekiston-Amerika muloqotini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
Elchi O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borayotgan siyosatiga yuksak baho berdi. Afg‘oniston muammosini tinch yo‘l bilan hal etish masalasida O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasida yanada yaqin hamkorlik qilish muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar Afg‘onistonda milliy yarashuvga imkon qadar tezroq erishish, mamlakat yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyati oldidagi majburiyatlarini bajarish zarurligi to‘g‘risida kelishib oldi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025