O‘zbekiston | 10:58 / 12.12.2022
1694
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda diplomatik kadrlarni rotatsiya qilish tizimi o‘zgarishi mumkin

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov raisligida Tashqi ishlar vazirligi hay’ati majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dunyo

Tadbirda vazir o‘rinbosarlari va maslahatchilari, TIV bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Tashqi ishlar vazirligiga yuklangan vazifalar ijrosi jarayoni tanqidiy tahlil qilinib, TIV faoliyati natijadorligini oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar o‘rganildi.

Vazirlik tizimi kadrlar salohiyatini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

Personalni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, zamonaviy talablarni hisobga olgan holda xodimlar malakasini oshirish, yosh mutaxassislarni jalb etish, “TIV Markaziy apparati – xorijdagi diplomatik faoliyat – akademik faoliyat” tamoyili bo‘yicha diplomatik kadrlarni rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid