O‘zbekiston | 11:40 / 12.12.2022
13118
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda bir oilaning uch a’zosi is gazidan vafot etdi

Yana ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan.

Qarshi tumanida bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Kun.uz’ga ma’lum qildi.

Hodisa 2022 yil 10 dekabr kuni soat 20:20 da Qarshi tumani «Dasht» mahallasida yashovchi fuqaro xonadonida sodir bo‘lgan.

77 yoshli ayol, uning 31 yoshli kelini va 2-sinf o‘quvchisi bo‘lgan nabirasi yashash xonadonida qo‘lbola usulda yasalgan isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, oilaning yana ikki a’zosi shifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid