O‘zbekiston | 09:41 / 13.12.2022
6957
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

U Buxoro tumani hokimligi zaxirasidagi 1,12 gektar yer maydonini 120 ming AQSh dollariga pullamoqchi bo‘lgan.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, fuqaro G‘.G.ning murojaati asosida viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Buxoro tumani Bog‘dasht mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan “S.K.R” MChJga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 1,12 gektar bo‘sh yer maydoni ajratilib, keyinchalik mazkur qaror bekor qilingan hamda yer maydoni hokimlik zaxirasiga qaytarilgan. Tezkor tadbirda fuqaro R.X. ana shu yer maydoni bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 120 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan va shundan 70 ming dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan R.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid