O‘zbekiston Turkmaniston bilan qo‘shimcha gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda
Bu kelishuv orqali O‘zbekiston aholisining tabiiy gaz yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolari yechim topishi mumkin.
12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov Ashxobodga tashrif buyurib, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov bilan uchrashdi.
Turkmanistondagi nashrlar u Shavkat Mirziyoyevning salomini hamda Turkmanistonda nishonlanadigan Xalqaro betaraflik kuni munosabati bilan tabrigini yetkazgani haqida xabar bergan.
Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, safar chog‘ida O‘zbekistonga qo‘shimcha ravishda kuniga 20 mln kub metr gaz berish (3 oyda jami 1,5 mlrd kub metr) bo‘yicha kelishuvga erishilgan va shartnoma imzolangan.
Agar bu loyiha amalga oshadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda qish kunlarida yuzaga kelgan gaz muammosi to‘liq hal qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
12:06 / 18.11.2024
O‘zbekistonlik davlat xizmatchilari Oksfordda malaka oshirishi mumkin
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024