Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: Toshkentda uylarning 1-qavatini tijoriy maqsadda sotib oluvchilarga imtiyozli kredit bermoqchimiz
Jamshid Qo‘chqorov shahardagi ko‘pqavat uylarning 1-qavatida tadbirkorlik nuqtalari ochish mumkinligi, lekin bu xonadonlarning narxi qimmatligini aytib, shu sababli tadbirkorlarga imtiyozli kredit berish rejasini aytdi.
Uchtepa tumanida prezident ishtirokida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot vaziri Jamshid Qo‘chqorov tumanga oid rejalarni taqdim etdi.
“Uchtepaning Xirmontepa ko‘chasida, yo‘l bo‘ylarida 75 ta savdo nuqtalari ochish rejalashtirilyapti. Bundan tashqari, o‘rganishlarimiz shuni ko‘rsatyaptiki, tuman bo‘yicha 360 ta binoda foydalanilmay turgan 91 ming kvadrat joylarni ijaraga bersa bo‘ladi.
Bilamizki, ko‘p qavatli uylarning birinchi qavatida tadbirkorlik nuqtalari ochish mumkin. Shuning uchun bunday uylar qimmat. Buni hisobga olgan holda, 1-qavatdagi uylarni sotib olib, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishni istovchilarga “Milliy bank” tomonidan alohida imtiyozli kredit liniyasini yo‘lga qo‘ymoqchimiz.
Tumanda, shuningdek, ko‘pchilik biladigan “Vatan” kinoteatri bor. Bir vaqtlar uning 25 foizlik ulushi davlat hisobida qolib ketgan. Hozir 75 foizlik ulushiga ega tadbirkor obektdan to‘laqonli foydalana olmayapti. Agar unga to‘lig‘icha o‘tkazilsa, 8 mln dollar investitsiya kiritaman va 350 kishini ish bilan ta’minlayman, deyapti.
Umuman, rejalarimiz bo‘yicha Uchtepa tumanida kelgusi yilda sanoat mahsulotlari hajmi 6,7 trln, savdo va ishlab chiqarish 18 trln so‘mga yetkaziladi. Bu borada tuman Toshkent shahrida yetakchilardan biri bo‘ladi”, – deya Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq Markaziy bank hukumatni imtiyozli kreditlardan butkul voz kechishga chaqirgan edi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2025
Jahon banki O‘zbekistonga 200 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratadi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024