Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston JSTga kirishini tezlashtirish uchun barcha a’zo davlatlar bilan muzokara o‘tkaziladi
Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi jarayonini jadallashtirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhi 6-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish choralari muhokama qilindi.
Mamlakat tashkilotga kirishini jadallashtirish maqsadida JSTga a’zo barcha davlatlar bozorlariga tovar va xizmatlar kirib borishi yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni faollashtirish va yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnomalarni imzolash zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirish, qo‘shma sa’y-harakatlar natijalarini doimiy tahlil qilib borish, O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishi jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha fikr almashish maqsadida ushbu formatdagi uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazib borishga qaror qilindi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
08:12 / 29.04.2025