Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SSV ogohlantiradi: Paqildoqlar bolalarda bir umrlik og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin
Pirotexnika vositalari shovqinidan qattiq qo‘rqish tufayli ruhiy buzilish, surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari va qandli diabet kelib chiqishi mumkin. Homilaga ziyon yetishi ehtimoli yuqori.
Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi yil bayrami arafasida paqildoqlar mavsumi boshlanib ketganiga e’tibor qaratib, uning oqibatlaridan ogohlantirdi.
«Qonuniy taqiqlarga qaramay, bunday mahsulotlarni sotishga urinayotganlarning yagona dardi — pul ishlash.
O‘yinqaroq bolalar-u o‘smirlar esa pirotexnikaning o‘zi va yon-atrofdagilarga ziyonidan yetarlicha xabardor emas», deyiladi xabarda.
Tibbiyot xodimlarining ogohlantirishicha, bunday vositalarning bexosdan qattiq paqillashi kishilarni cho‘chitib, yurak-qon tomir tizimiga o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu holat fojiali o‘lim bilan ham yakun topishi mumkin.
- Yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir kuyish jarohatlari;
- ko‘zlar shikastlanishi va ko‘rish faoliyati qisman yoki butunlay buzilishi;
- jarohat asorati bilan bog‘liq plastik operatsiyalarga muhtojlik, kuygan sohalarda dag‘al chandiqlar;
- qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi «paqildoq» va salyutlarning salbiy oqibatlaridir.
Pirotexnika vositalari shovqinidan qattiq qo‘rqish tufayli:
- ruhiy buzilish;
- surunkali asab va qon-tomir tizimi kasalliklari;
- qandli diabet;
- homilaga ziyon yetishi ehtimoli yuqori.
«Yaqin masofada pirotexnika paqillashidan inson barotravma va akustik jarohatlar olib, karlik yoki umrbod quloq shang‘illashi (tinnitus) kasalligiga yo‘liqishi mumkin.
Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi ota-onalar va jondan aziz farzandlarimizni yana bir bor ehtiyotkorlikka chaqiradi», deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
13:48 / 02.01.2025
GFRda 5 kishi pirotexnika tufayli halok bo‘ldi
12:02 / 30.12.2024
Toshkent viloyatida 60 mingdan ortiq pirotexnika vositalari ushlab qolindi
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
20:20 / 27.11.2024