Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlar qarorlarini shaxsan o‘zlari imzolashga majbur bo‘ladi: E-qaror'ga Face-ID funksiyasi qo‘shiladi
Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov hibsda ushlab turilgan paytda uning 26ta qaror va farmoyishi qabul qilingan edi. Keyinroq bu ishni uning elektron imzosidan foydalanib, hokimlik yuristi qilgani oydinlashgandi. Adliya vazirligi bunaqa holatlarni to‘xtatish uchun E-qaror tizimiga Face-ID'ni joriy qiladi.
Oxirgi paytlarda hokimlar o‘zlari chiqarayotgan qaror va farmoyishlarni E-qaror platformasida jamoatchilikka ko‘rinmaydigan qilib qo‘yayotgani ko‘p e’tirozlarga sabab bo‘lyapti.
Shu e’tirozlar ortidan, 16 dekabr kuni Adliya vazirligi E-qaror tizimiga doir matbuot anjumani o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Anjumanda “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator – Uzinfocom” MChJ shu’ba boshlig‘i Bobur Bahodirovning aytishicha, 2023 yilda E-qaror tizimiga yangi funksiyalar qo‘shiladi.
“Esingizda bo‘lsa, Andijon shahar hokimi tergov jarayonida bo‘lgan, lekin uning nomidan ketma-ket qarorlar imzolangan holatlari aniqlangan edi. Sababi uning elektron raqamli imzosi Andijon shahar yuristining qo‘lida bo‘lgan. Hokim tergovda bo‘lsa ham, uning nomidan imzolagan. Shunday holatlarning oldini olish maqsadida 2023 yilda Face-ID texnologiyasini joriy qilmoqchimiz.
“Uzinfocom”da bunday imkoniyat bor. Bank sohasi va davlat xizmatlari sohasida bu tizim yaxshi ishlayapti. Yaqin kelajakda hokimlar hujjatlarni imzolashida Face-ID mexanizmini joriy qilamiz. Bu bilan birovning elektron raqamli imzosini olib, hujjat imzolash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi”, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarov jinoiy sheriklari bilan budjetning 48 mlrd so‘mini talon-toroj qilishda gumonlanib, 2022 yilning 6 iyun kuni qo‘lga olingan edi. 7 iyun kuni sud uni qamoqqa olishga sanksiya berdi. O‘shanda Kun.uz e’tibor qaratgandiki, 6-7 iyun kunlari E-qaror tizimida Haydarovning 24 ta qarori va 2 ta farmoyishi qabul qilingan.
Natijada Adliya vazirligi o‘rganish o‘tkazib, hujjatlarni hokimlik xodimi hokimning elektron raqamli imzosidan foydalangan holda imzolaganini aniqlagan edi. So‘ng bu qaror va farmoyishlar bekor qilindi.
Mavzuga oid
11:28 / 08.04.2025
Korrupsiyaviy jinoyatlar Adliya vazirligi tizimida 22 foizga, hokimliklarda 43 foizga kamaydi – Antikorrupsiya agentligi
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
16:09 / 18.03.2025
Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
16:18 / 07.03.2025