MIB 27,6 mlrd so‘mlik 62 mingta jarimani asossiz ravishda YXHB organlariga qaytargani ma’lum bo‘ldi
Shuningdek, Bosh prokuratura tomonidan hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarimani ijroga yubormagani aniqlangan.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori Kamoliddin Yalgashev 4 apreldan buyon hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan 91,1 mlrd so‘mlik 203 357 ta jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar belgilangan 3 oylik muddatda majburiy ijro byurolariga yuborilmasdan qolganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, Majburiy ijro byurosining joylardagi organlari tomonidan 27,6 mlrd so‘mlik 62 mingta jarimani qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar asossiz ravishda YXHB organlariga qaytarilgan.
Yalgashevga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan Hisob palatasi bilan hamkorlikda prezidentning 2022 yil 4 apreldagi qarori ijrosi o‘rganilganda qator qonunbuzilishlar aniqlangan.
“Xususan, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bosh vazir tomonidan tasdiqlanib, hududlarga ijro uchun yuborilgan “Yo‘l xarita”larida belgilangan chora-tadbirlarni bajarish uchun talab qilinadigan mablag‘ miqdori aniq hisob-kitob qilinmagan va moliyalashtirish manbalari aniqlanmagan. Oqibatda “Yo‘l xarita”laridagi tadbirlarning jami 41 tasini ijro muddati o‘tgan bo‘lsa-da, bajarish choralari ko‘rilmagan”, – deya iqtibos keltirmoqda Gazeta.uz.
Avvalroq yo‘ldagi ta’mirlash ishlari sabab jarimaga tortilgan haydovchilar masalasida Ombudsman IIVga murojaat yo‘llagan, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga ko‘ra ushbu holatda yo‘l harakati qoidalarini buzishga majbur bo‘lgan haydovchilar jarima to‘lamasligi shartligini bildirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 1 dekabrdan Qamchiq dovonidagi postlarda «yashil» va «qizil yo‘lak» ishga tushgandi. Hech qanday qoidabuzarlik sodir etmagan haydovchilar «Yashil yo‘lak» orqali o‘z mashinasida cheklovlarsiz harakat qilsa, «Qizil yo‘lak»ka qidiruvda bo‘lgan yoki so‘ndirilmagan jarimasi bo‘lgan haydovchilar holatni aniqlashtirish maqsadida kiritiladi.
Bundan tashqari, oy boshidan haydovchilarga jarima ballarini hisoblash tizimi test rejimida ishga tushirilgan, bunda qoidabuzarliklar avtomatik tarzda dasturiy ta’minotda qayd etib borilishi, tizim yangi bo‘lgani sababli, test rejimida ishlagan vaqtda tizimdagi hamda sodir etilgan qoidabuzarliklardagi barcha xato va kamchiliklar tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash davrida bosqichma-bosqich aniqlanib, bartaraf etilib, takomillashtirilib borilishi aytilgandi.
Mavzuga oid
20:43 / 14.11.2024
Yevrokomissiya Meta’ni qariyb 800 mln yevro jarimaga tortdi
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
07:37 / 08.11.2024