Jamiyat | 16:37 / 18.12.2022
29773
1 daqiqa o‘qiladi

Chitir-chitir, parmuda, tomchi – yaxshi somsa kerakmi?

Mazali, xushbo‘y, issiq, mehr bilan pishirilgan somsalarning o‘zbek dasturxonida alohida o‘rni bor. Mehmondorchilikda barcha taomlardan ilgari dasturxonga keladigan somsaning yaxshisini esa yeb ko‘rmasdan bilib bo‘lmaydi. 

Toshkent shahrida tatib ko‘rish mumkin bo‘lgan somsaxonalar juda ko‘p. Somsaning o‘nlab turlari mavjud bo‘lib, ular bir-biridan nafaqat masalliqlari, shakli, balki pishirishning o‘ziga xos usuli bilan ham farq qiladi. Bunday paytda o‘zbek xalqi qay darajada taom tayyorlashning mohir ustasi ekanligini tushunasiz.

"Oshqoshiq"ning YouTube sahifasidagi yangi sonida chitir-chitir somsa, parmuda somsa, tomchi somsa turlari tahlil qilindi. Ularning narxi, tayyorlanish jarayoni, o‘ziga xos jihatlari ochib berildi. "Oshqoshiq"ning yangi sonini o‘tkazib yubormang.

Mavzuga oid