Qatarda koronavirusdan xavfliroq «tuya grippi» tarqalgan bo‘lishi mumkin
Shifokorlar yangi xavfli virus haqida ogohlantirmoqda, unga qarshi vaksina yo‘q.
Buyuk Britaniyalik mutaxassislar koronavirusdan ham xavfliroq bo‘lgan «tuya grippi» (Yaqin Sharq respirator sindromi) avj olayotgani haqida ogohlantirdi. Infeksiya Qatardagi jahon chempionati start olishi bilan tarqala boshlagan.
Taxminlarga ko‘ra, futbol muxlislari sayohat paytida tuyalar yoki kasal odamlar bilan aloqa qilganidan so‘ng grippni yuqtirgan, keyinchalik uni dunyo bo‘ylab tarqatgan bo‘lishi mumkin.
Shifokorlarning ma’lum qilishicha, so‘nggi bir necha yil ichida mingga yaqin bemor Yaqin Sharq respirator sindromidan (MERS) vafot etgan. Endi o‘limlar soni ortishi mumkin.
«Tuya grippi» Covid-19 kasalligidan xavfliroq hisoblanadi, chunki bemorlarning uchdan biri vafot etadi. MERS uchun samarali vaksina yo‘qligi yanada tashvishlantiradi.
Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi shifokorlarni isitma va nafas olish qiyinligidan shikoyat qilgan bemorlarni diqqat bilan kuzatishga chaqirmoqda. Ko‘pincha MERS bilan kasallangan odamlarda hech qanday alomat sezilmaydi. Shu bilan birga, ba’zan bemorlarda isitma, yo‘tal, nafas olish qiyinlashuvi, ichburug‘i va qayt qilish kabi holatlar uchrashi mumkin.
Mavzuga oid
00:25
AQSh va Britaniya Rossiya elitasiga sanksiyalarni chetlab o‘tishga ko‘maklashgan «xalqaro tarmoq» fosh etilganini ma’lum qildi
19:15 / 03.12.2024
Britaniya Microsoftʼga qarshi 1,27 mlrd dollarlik antimonopoliya da’vosini kiritdi
19:04 / 02.12.2024
Bloomberg: Britaniya shamol elektr stansiyalari ishlamasligi uchun milliardlab pul sarflamoqda
17:32 / 30.11.2024