O‘zbekiston | 12:55 / 18.12.2022
11962
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda birovning mashinasini boshqargan 18 yoshli yigit YTH sodir etdi

Oqibatda haydovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yonidagi o‘rtog‘i halok bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida birovning mashinasini boshqargan 18 yoshli yigit tezlikni oshirib YTH sodir etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2022 yil 17 dekabr kuni soat 00:40 larda Uzun tumani Qarashiq mahallasidan o‘tgan 4R-108A avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Sariosiyo-Uzun yo‘nalishida harakatlanyotgan Lacetti mashinasi haydovchining tezlikni oshirishi natijasida boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng chel chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda mashina haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Uning yonida bo‘lgan o‘rtog‘i vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, 18 yoshli yigitda haydovchilik malakasi va yetarlicha tajriba bo‘lmagan. Mashina uning qo‘shnisiniki bo‘lib, yigit uni so‘roqsiz boshqarib ketgan.

Mavzuga oid