O‘zbekiston | 15:50 / 18.12.2022
14305
1 daqiqa o‘qiladi

Yozuvchi Sobir O‘nar vafot etdi

Taniqli adib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sobir O‘nar bugun, 18 dekabr kuni xastalik tufayli 58 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi taniqli adib Sobir O‘nar vafot etganligini ma’lum qilib, uning yaqinlariga ta’ziya bildirdi

«Kechagina yaxshi tomonga o‘zgarish bo‘ldi, xavf ortda qoldi, deb bizlarni ishontirgan eding-ku. Diydor qiyomatga qoldi, qadrdonim», deb yozdi taniqli telejurnalist Komiljon Jumayev o‘z sahifasida.

Sobir O‘nar 1964 yil 25 fevralda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi Quvkalla qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Yozuvchining «Orzuga to‘la qishloq» (1989), «Ovloq adirlar bag‘rida» (1990), «Chashma» (1991) hikoyalar to‘plamlari nashr etilgan. «Chambilbelning oydalasi» (2006) asari muallifi. Qoraqalpoq adibi X.Tojimurodovning «Ov hangomalari» (1990) hamda turk yozuvchisi Bakir Yulduzning «Karbalo fojiasi» qissasini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.