O‘zbekiston | 13:50 / 19.12.2022
12575
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda “prava” uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi

Ular 4 nafar fuqaroni aldab, 700 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilishgan. 

Foto: IIB axborot xizmati

Buxoroda haydovchilik guvohnomasi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar A.S. va M.M. oldindan jinoiy til biriktirib, haydovchilik guvohnomasini olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni vakolatli tanishlari orqali ijobiy hal etib berishni va’da qilgan holda 4 nafar fuqarodan 700 AQSh dollari olgani aniqlangan.

Tezkor tadbir davom ettirilganda, ushbu jinoiy guruh a’zolaridan biri 12 dekabr kuni Buxoro shahar Olimpiya zaxiralari kolleji oldida fuqaro A.S.dan qo‘shimcha 200 dollar olayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Buxoroda haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan avtomaktab xodimlari ushlangandi.

Mavzuga oid