O‘zbekiston | 13:40 / 19.12.2022
15970
3 daqiqa o‘qiladi

Smartfonlar, maishiy texnika, kiyim-kechak: yurtimiz aholisi Yangi yilda qanday sovg‘a olishni orzu qiladi

Foto: Uzum Market

Uzum Market mutaxassislari Yangi yil bayramida qanday sovg‘a olishni istashlarini va o‘z yaqinlariga nima sovg‘a qilishni rejalashtirishayotganiga aniqlik kiritdi. Bu yil eng ko‘p orzu qilingan sovg‘alar qatoridan smartfonlar, maishiy texnika, kiyim-kechak va aksessuarlar joy oldi, ya’ni 26 yoshgacha bo‘lgan yoshlar smartfonni orzu qilishsa, mamlakatimizning nisbatan katta yoshli aholisi sovg‘a sifatida maishiy texnika olishdan xursand bo‘lishadi. Va, albatta, yoshlar to‘y, romantik sayohat va bolalar haqida ham orzu qiladi.

Mamlakatning 5000 dan ortiq aholisi ishtirok etgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘zbekistonliklar Yangi yilga tayyorgarlik ko‘rishga puxta yondashishadi – so‘rovnomada ishtirok etganlarning yarmidan ko‘pi sovg‘alarni oldindan sotib olishlarini aytishgan. Shu bilan birga, mamlakat aholisining 86 foizi bayramni uylarida, faqat eng yaqin insonlaridan 2-3 tasini taklif qilgan holda nishonlashni rejalashtirmoqda.

Bu yil eng ko‘p istak bildirilgan sovg‘alar ro‘yxatida: smartfonlar, maishiy texnika, kiyim-kechak va aksessuarlar o‘rin egallagan. Qizlar, shuningdek, shirinliklar, gullar yoki taqinchoqlar olishdan, erkaklar esa soat yoki noutbukdan xursand bo‘lishlarini ta’kidlashgan. Kitoblar ham eng yaxshi sovg‘a unvonini saqlab qolgan - so‘rovnomada qatnashganlarning taxminan 10 foizi uy kutubxonasini mamnuniyat bilan to‘ldirishlarini aytib o‘tishgan.

So‘rovnoma ma’lumotlarini Uzum Market statistikasi ham tasdiqlaydi: dekabr oyining ikkinchi haftasida saytda smartfon va maishiy texnika savdosi 20 foizga, kiyim-kechak va poyabzalga talab 40 foizga ortgan, shirinliklar esa 2 baravar ommalashgan. Foydalanuvchilar uy bezaklari haqida ham unutishgani yo‘q: archa, yaltiroq tasmalar va bayramona Yangi yil liboslari ham sotuvda yetakchilar qatorida turibdi.

– Bugungi kunda Uzum Market marketpleysida mijozlarimiz butun oila a’zolari uchun sovg‘alar topishlari va ularni tezkor yetkazib berish xizmati orqali yagona saytdan buyurtma qila olishlari uchun yirik brendlarning ham, mahalliy sotuvchilarning ham 100 000 dan ortiq turdagi tovarlari namoyish etilmoqda, deydi Uzum Market marketpleysi bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov. — Yangi yil sovg‘alarini xarid qilish jarayoni yanada qiziqarli bo‘lishi uchun esa 16 dekabr kuni platformada o‘n minglab tovarlar, jumladan smartfonlar, yangi yil salatlari uchun yashil no‘xatlar, bolalar o‘yinchoqlariga 80 foizgacha chegirmalar bilan Yangi yil oldi arzonlashtirilgan sotuvi boshlanadi.

Reklama

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid