Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni savdo sohasida ko‘pligi ma’lum bo‘ldi
Respublikada qaysi sohalarda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar ko‘pligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz
2022 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 15 497 tani, shundan qo‘shma korxonalar 6 401 ta va xorijiy korxonalar 9 096 tani tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar sohalar bo‘yicha soni eng ko‘p savdoda qayd etildi – 4 700 ta.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan sohalar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- sanoat – 4 280 ta;
- qurilish – 1 247 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 763 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 635 ta;
- axborot va aloqa – 718 ta;
- tashish va saqlash – 446 ta;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 229 ta;
- boshqalar – 2 479 ta.
Mavzuga oid

09:20
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

14:45 / 09.04.2025
AQShda O‘zbekiston shourumi va savdo ombori tashkil etildi

14:15 / 07.04.2025
O‘zbekiston va Turkiya imtiyozli savdo to‘g‘risidagi shartnomani yangilaydi

11:43 / 26.03.2025