O‘zbekiston | 13:01 / 21.12.2022
1090
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Ozarboyjon ilm-fan hamda innovatsiyada qo‘shma loyihalarni moliyalashtirishga kelishib oldi

O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi Bokuda Ozarboyjon Ilm-fan jamg‘armasi vakillari bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuv doirasida vazirlik huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori Bunyod Oxunov va Ozarboyjon ilm-fan jamg‘armasi direktori Mehribon Imanova o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Ushbu hujjatga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z vakolatlari doirasida qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish, jamg‘armalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, turli loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida tajriba almashish dasturlarini tashkil etish borasida hamkorlik qiladi. 

Hamkorlik doirasida venchur moliyalashtirishni tashkil etish ham ko‘rib chiqiladi. Hamkorlik doirasida O‘zbekiston va Ozarboyjondagi ikki jamg‘arma ilm-fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi qo‘shma forumlar, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va brifinglar o‘tkazishi hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqa tuzilmalar vakillari uchun maslahatlar tashkil etish, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalarda hamkorlikda ish olib borishiga kelishib olindi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid